Ассосий -> Янгиликлар -> Қўмита янгиликлар -> Bilbao shahrida (Ispaniya) Faol keksayish indeksi bo’yicha ikkinchi xalqaro seminar bo’lib o’tdi

Bilbao shahrida (Ispaniya) Faol keksayish indeksi bo’yicha ikkinchi xalqaro seminar bo’lib o’tdi

2018 yil 27-28 sentabr kunlari Bilbao shahrida (Ispaniya) Faol keksayish indeksi bo’yicha ikkinchi xalqaro seminar bo’lib o’tdi. Ushbu seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Davlat statistika qo’mitasi raisining o’rinbosari M.Ziyadullayev ishtirok etdi.

Seminarda mamlakatlar milliy statistika idoralarining rahbar va mutaxassislari, jumladan, Ispaniya, Rossiya Federatsiyasi,  Shvetsiya, Turkiya, Italiya, Germaniya, Chexiya, Finlandiya, Luksemburg, Gongkong, Polsha, Qirg’iziston, Eron, Portugaliya, Urugvay, Nigeriya va boshqa mamlakatlar, shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminar davomida Faol keksayish indeksini shakllantirish, ma’lumotlar hisobini yuritish, milliy hisobot tuzish mexanizmi, qarorlar qabul qilish, Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida faol keksayish indeksi ahamiyati, kelgusida ushbu sohani takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: