Ассосий -> Янгиликлар -> Қўмита янгиликлар -> 2018 yilning may oyida O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi

2018 yilning may oyida O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi

2018 yilning may oyida iste`mol bozoridagi tovar va xizmatlar narxi o`rtacha 0,8 %ga ko`tarildi. Shundan, mahsulotlar narxi oy davomida o`rtacha 0,4 %ga hamda xizmatlar 2,1 %ga qimmatlashdi.

Joriy yilning may oyi davomida xizmatlar tarifi narxlarining o`sish tendentsiyasi aprel oyidagi kabi tovarlar narxlarining o`sishi sur`atidan yuqoriligini saqlab qoldi.

Tahlil ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan davr mobaynida asosiy guruhlar bo`yicha narxlarning o`zgarishi va ularning iste`mol narxlari indeksi (keyingi o`rinlarda INI)ning o`sishiga mahsulotlar 0,3 foiz darajasida (f.d.) hamda xizmatlar 0,5 f.d.da ta`sir ko`rsatgan.

Ulush ko`rsatkichlari shaklida esa quyidagicha ifodalash mumkin:

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o`rtacha 0,2 %ga qimmatlashib, bu esa INIning umumiy o`sishiga 0,1 f.d.da ta`sir ko`rsatdi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ichida narxlarning o`sishi hamda pasayishi bo`yicha yetakchilik mos ravishda mevalar (o`sish sur`ati 4,8 %) hamda sabzavotlar (pasayishi 13,6 %) guruhiga tegishlidir.

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan alkagolsiz ichimliklar (0,9 %) va tuxum (0,4 %) narxlari birmuncha sezilarli darajada qimmatlashdi.

Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o`rtacha narxlarida jiddiy o`zgarishlar deyarli kuzatilmadi.

Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi

Joriy yilning may oyida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining o`sish darajasi birmuncha barqaror sur`atlarda saqlanib qoldi. Oy davomida narxlar o`rtacha 0,6 %ga qimmatlashib, bu esa INIning umumiy o`sishiga 0,2 f.d.da ta`sir ko`rsatdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlari bo`yicha narxlarning o`sishi quyidagi ko`rinishda tasvirlangan:

«UzBAT A.O.» QK AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlari narxining oshirishi natijasida iste`mol bozorlarida sotilayotgan tamaki mahsulotlarining umumiy narxlari qimmatlashishiga sabab bo`ldi.

2018 yilning may oyida ham qurilish materiallari narxlari o`sishdan to`xtamadi. Mazkur guruhga oid narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan mahsulotlar quyidagi jadval ko`rinishida aks ettirilgan:

Yoqilg`i-moylash materiallari bozori kon`yunkturasining va ular bilan bog`liq birja narxlarining o`zgarishi natijasida aholiga avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchalari orqali sotiladigan propan hamda metan narxlarining (mos ravishda 5,3 % i 0,9 %) qimmatlashishiga olib keldi.Ayrim turdagi nooziq-ovqat mahsulotlaridan oyoq kiyim va avtomobillar uchun ehtiyot qismlar narxlari 0,5 %, kiyim-kechak, oshxona jihozlari, aloqa vositalari hamda bosma nashr mahsulotlari 0,4 %, asosiy turdagi maishiy jihozlar va elektr asboblar, shuningdek, gilam va gilam mahsulotlari narxi o`rtacha 0,2 %ga qimmatlashdi. Televizor ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar o`z mahsulotlari narxini pasaytirganliklari natijasida ushbu turga mansub tovarlar narxi iste`mol bozorida o`rtacha 1,8 %ga arzonlashdi.

Ayrim turdagi nooziq-ovqat mahsulotlaridan oyoq kiyim va avtomobillar uchun ehtiyot qismlar narxlari 0,5 %, kiyim-kechak, oshxona jihozlari, aloqa vositalari hamda bosma nashr mahsulotlari 0,4 %, asosiy turdagi maishiy jihozlar va elektr asboblar, shuningdek, gilam va gilam mahsulotlari narxi o`rtacha 0,2 %ga qimmatlashdi. Televizor ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar o`z mahsulotlari narxini pasaytirganliklari natijasida ushbu turga mansub tovarlar narxi iste`mol bozorida o`rtacha 1,8 %ga arzonlashdi.

Xizmatlar iste`mol narxlari indeksi

Aholi uchun xizmatlar may oyi davomida o`rtacha 2,1 %ga ko`tarildi. Bu esa INI umumiy o`sishiga 0,5 f.d.da ta`sir etdi.

Xizmatlar sohasidagi iste`mol narxlari indeksiga asosiy ta`sir omillari sifatida quyidagi tariflarga o`zgarishi natijasida yuzaga keldi:

Aholi uchun uy-joy kommunal to`lov tariflari oy davomida o`rtacha 2,3 %ga oshdi.

Shuni alohida qayd etib o`tish lozimki, Navoiy viloyatidan tashqari mamlakatning barcha hududlarida sovuq suv va kanalizatsiya uchun to`lovlar joriy yilning may oyidan e`tiboran oshirildi. Navoiy viloyatida ushbu soha bo`yicha narxlar mart oyida oshirilgandi. Narxlarning sezilarli darajada qimmatlashishi Toshkent shahri (22,4 %) va Qashqadaryo viloyatida (20,4 %) kuzatilgan bo`lib, narxlarning birmuncha past sur`atlarda o`sishi esa Sirdaryo (7,0 %) hamda Namangan (7,4 %) viloyatlari hududida qayd etilgan.

Shu yilning may oyidan boshlab aholi uchun issiq suv hamda issiqlik ta`minoti tariflarida yangi narxlarning joriy qilinishi hududlardagi issiqlik yetkazib beruvchi tashkilotlarning “Issiqlik manbai” korxonalari bilan deklaratsiya asosidagi yangi shartnoma narxlarining kuchga kiritilishi bilan bevosita bog`liqdir. Issiq suv hamda issiqlik ta`minoti narxlarining eng yuqori sur`atlarda oshishi Jizzax 
(mos ravishda 34,6 % va 34,5 %) hamda Xorazm viloyatlari (ikkita tarif 22,7 %) hududida qayd etildi. Narxlarning aksincha, past sur`atlarda o`sish holati Samarqand viloyatida kuzatilgan (issiq suv hamda issiqlik ta`minoti narxlari 4,3 %ga qimmatlagan). Navoiy viloyatida esa narxlar 2018 yilning mart oyida oshirilgandi.

XUJMSh to`lovlari mamlakatimizning olti hududida oshganligini qayd etilgan bo`lib, bu sohada narxlarning sezilarli darajada qimmatlashganligi Surxondaryo viloyatida 1,7 barobar, Sirdaryo viloyatida esa ushbu ko`rsatkich bor yo`g`i 1,8 %ni tashkil etgan.

Yo`lovchi tashish transporti xizmatlari narxi oy davomida o`rtacha 2,3%ga oshdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Andijon, Namangan va Samarqand viloyati xokimliklari qaroriga asosan ushbu hududlardagi shahar avtobus transportlarida yo`l haqi to`lovlari oshirilgan. Andijon va Namangan viloyatlarida ushbu ko`rsatkich o`rtacha 66,7 %, Samarqand viloyatida 33,3 % hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida esa 28,6 %ni tashkil etgan.

Uzoq masofaga qatnovchi temir yo`l transporti chiptalarining narxi oy davomida 9,3 %ga arzonlashdi (so`mga nisbatan shveytsariya franki kursining pasayishi, shuningdek, bir qator yo`nalishlar bo`yicha bazoviy tariflarga nisbatan indeksatsiya koeffientlarining kamaytirilganligi natijasida narxlarda pasayish holatlari kuzatilgan).

Samolyot chiptalarining narxlari o`rtacha 3,0 %ga arzonlashishi so`mga nisbatan yevro kursining pasayishi oqibatida vujudga keldi.

Maishiy turdagi xizmatlar narxi oyda o`rtacha 1,0 %ga qimmatlashdi. 

Ushbu guruhdagi ayrim tur xizmatlardan hammom va dush xizmatlari (2,9 %), pullik avtoturargoh xizmatlari (1,8 %), elektr jihozlari hamda uy-joy ta`miri xizmatlari (1,0 %) narxlari qolgan xizmat narxlariga nisbatan sezilarli darajada qimmatlashdi.

Umumiy mehmonxona xizmatlarining oshishi bir qator hududlardagi mehmonxona nomerlarida yashashash narxlarining qimmatlashiganligi natijasida yuzaga keldi. An`anaviy turizm maskanlari Samarqand hamda Xorazm viloyatlarida narxlarning o`sishi birmuncha yuqoriroq darajada (mos ravishda 18,8 % va 17,2 %) bo`lishi bilan bir qatorda Andijon viloyatida ushbu ko`rsatkich bor yo`g`i 2,0 %ni tashkil etgan.

Narxlar statistikasi boshqarmasi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: