Асосий -> Янгиликлар -> Қўмита янгиликлар -> Davlat statistika qo`mitasi faoliyatiga oid matbuot anjumani bo`lib o`tdi

Davlat statistika qo`mitasi faoliyatiga oid matbuot anjumani bo`lib o`tdi

2018 yil 29 mart kuni soat 11:00da O`zbekiston Milliy matbuot markazida “Davlat statistika qo`mitasi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, islohotlar natijalarini real raqamlarda aks ettirish, davlat va jamiyat hayotida bo`layotgan o`zgarishlarni aniqlash mexanizmlari va mezonlari haqida o`tgan yillar bilan solishtirgan holda qiyosiy tahlil hamda 2017-2021 yillarda statistik faoliyatni tashkillashtirish samaradorligini qat`iy oshirish, statistik axborot sifatini va uni tarqatish tizimini yaxshilash borasida belgilangan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, mamlakat hukumati tomonidan foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika ma`lumotlarini maksimal darajada ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini ta`minlash bo`yicha qat`iy choralar ko`rilmoqda. O`z navbatida, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2017 yilning 1 noyabridan boshlab, www.stat.uz rasmiy saytining yangilangan shakli ishlab chiqildi va ishga tushirildi. Saytning yangilangan shakli foydalanish uchun qulay bo`lgan interfeysda yaratilgan. Unda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida statistik ma`lumotlar bir bo`limda yaxlitlangan, tahliliy ma`lumotlar va press-relizlar chop etilishi yo`lga qo`yilgan, barcha ma`lumotlar uch tilda (o`zbek, rus va ingliz) joylashtirib boriladi. 2017 yilning avgust oyidan boshlab, joriy yilning aprel oyiga qadar mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettiruvchi 160 dan ortiq taxliliy materiallar (ekspress axborot, press-relizlar, choraklik hisobotlar va tahliliy materiallar shaklida) rasmiy saytda joylashtirildi. Mamlakatimiz va viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini infografika, diagramma, video, maqola, tahliliy materiallar, taqqoslashlar va boshqa zamonaviy usullar shaklida muntazam yoritib borish borasida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin va samarali hamkorlik o`rnatilgan. Bundan tashqari, tadbirda Davlat statistika qo`mitasining Facebook ijtimoiy tarmog`ida sahifasi va Telegram messenjerida guruhi ochilgan. Davlat statistika qo`mitasi tomonidan BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta fondi, Yevrostat va boshqa halqaro tashkilotlar va statistika institutlari bilan statistik hisobotlarning uslub va uslubiyotlarini takomillashtirish va ularni umume`tirof etilgan halqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo`yicha faol ish olib borilayotganligi ta`kidlandi. Xususan, kichik korxonalar, mikrofirmalar, dehqon va fermer xo`jaliklari statistik kuzatuvlari takomillashtirildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida norasmiy faoliyatni iqtisodiyotning turli sektorlarida muntazam statistik kuzatuvlari tizimi kengaytirildi, inflyatsiya darajasini hisoblash va monitoringining yangi uslubiyati joriy etildi, “Milliy hisoblar tizimi — 2008” tavsiyalari asosida hisobning uslub va uslubiyatlari takomillashtirildi. Davlat statistika organlari oldida turgan global muammolardan biri xorijiy mamlakatlar axborot resurslarida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi haqida ishonchli va aniq statistik ma`lumotlarni joylashtirib borish hisoblanadi. Mutaxassislar tomonidan ta`kidlanishicha, Davlat statistika qo`mitasi 23 xalqaro tashkilot va xalqaro institutlar bilan shuningdek, Xalqaro valyuta fondi bilan kengaytirilgan ma`lumotlar tarqatishning umumiy tizimi doirasida ma`lumot almashuvi o`rnatilgan. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan muntazam ravishda mamlakatning yetakchi oliy o`quv yurtlarida seminarlar va davra suhbatlari o`tkazilmoqda va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Yuqoridagilar qatorida, matbuot anjumani davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari besh yillik qiyosiy statistik tahlillar ko`rinishida taqdim etildi. Matbuot anjumanida Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: