Ассосий -> Янгиликлар -> Қўмита янгиликлар -> 2017 yilning 10 oyi uchun respublikaning iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi

2017 yilning 10 oyi uchun respublikaning iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi

1. Iste’mol narxlar indeksi va inflyatsiya darajasi

2017 yilning 10 oyligida tovar va xizmatlar narxlari darajasi 9,3 % ga o’sgan. Jumladan oziq-ovqat mahsulotlari 9,4 % ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 10,3 % ga va xizmatlar 7,2 % ga ko’tarilgan.

 

Iste’mol narxlari indeksining 2017 yil yanvar–oktabr oylari uchun o’rtacha o’sishi sur’ati tahlili, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari narxlarining o’sish sur’atlari xizmatlar narxlaridagi xuddi shunday o’zgarishlarga nisbatan ko’proq ta’siri ko’rinib turibdi. Masalan, tovarlarning jami inflyatsiyaning o’sish ta’siriga ulushi (hissasi) 83,9 % ni, xizmatlar esa atigi 16,1 % ni tashkil qildi.

2. Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi

Yuqorida ta’kidlab o’tilgandek, oziq-ovqat mahsulotlari yil boshidan davri uchun o’rtacha 9,4%ga qimmatlab, iste’mol narxlari indeksini umumiy o’sishiga 4,1%ni  qo’shgan (iste’mol narxlari indeksi jamlanmasiga ta’sir ulushi – 44,3%).

2017 yilning 10 oyi davomida oziq-ovqat inflyatsiya dinamikasi jarayoni notekis edi. Narxlarning sezilarli o’sishi fevral (1,9%ga) va oktyabrda (1,7%ga) oylarida bo’ldi, pasayishi esa iyun va iyul oylariga xos bo’ldi (o’z navbatida 1,0%ga va 0,7%ga).

Bunda, 2016 yil dekabr oyiga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari o’rtacha narxlarining eng yuqori o’sish darajasi quyidagi guruhlarga to’g`ri keldi:

 

Meva va sabzavot mahsulotlarining mavsumiy narx o’zgarishlari joriy  yilda yanvardan-aprelgacha o’sishi va maydan-sentabrgacha pasayishi tendensiyasi ifodalanildi. Oktyabr oyida ushbu guruhda umumiy o’sish sharoitida ham, karam – 18,0%ga, piyoz – 12,8%ga, sabzi – 9,0%ga va kartoshka – 2,1%ga narxlarni pasayishi kuzatildi.

Meva-sabzavot mahsulotlari va qayd etilgan oziq-ovqat tovar guruhlarning narxlari o’zgarishi, iste’mol narxlari indeksini umumiy o’sishiga qariyb 3,6%ni tashkil qildi (iste’mol narxlari indeksi jamlanmasiga ta’sir
ulushi – 38,5%).

3. Nooziq-ovqat mahsulotlari iste’mol narxlari indeksi

2017 yilning 10 oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlar uchun narxlar dinamikasi barqaror o’sish tendensiyasi bilan xarakterlanadi. Nooziq-ovqat mahsulotlar oyida o’rtacha 1,0%ga qimmatlashib kelgan, yil boshidan esa – 10,3%ga ko’tarilgan.

 

Nooziq-ovqat mahsulotlarning narxlar holatiga ta’sirining asosiy omillaridan yengil avtomobillar – 50,2%ga, tamaki mahsulotlari – 17,8%ga, shaxsiy gigiena maxsulotlari – 14,7%ga, gazlama va eshilgan iplar – 14,6%ga, asosiy maishiy mahsulotlar va elektr asboblari – 11,5%ga, yuvish va tozalash vositalari – 11,2%ga, aloqa vositalari va  qurilish mollari – 10,7%ga, maishiy to’qimachilik mahsulotlari – 10,4%ga, kiyim va oyoq kiyim – o’z navbatida 10,9%ga va 10,2%ga narxlarining ko’tarilishi ta’sir qildi.

Narxlarning o’sib kelishi iste’mol narxlari indeksini umumiy o’sishiga 2,9%ni qo’shgan (iste’mol narxlari indeksi jamlanmasiga ta’sir ulushi – 31,1%).

4. Xizmatlar iste’mol narxlari indekslari

Axoli uchun pullik xizmatlar sohasida ta’riflar 2017 yil yanvar-oktabrda 7,2%ga oshgan, bu o’z navbatida iste’mol narxlari indeksini umumiy o’sishiga 1,5%ni  qo’shgan (iste’mol narxlari indeksi jamlanmasiga ta’sir ulushi – 16,1%).

Xizmatlarning inflyatsion omillardan aloqa xizmatlari – 23,8%ga, madaniyat muassasalari xizmatlari – 14,7%ga, maktabgacha ta’lim muassasalari xizmatlari – 8,3%ga, yo’lovchi transporti xizmatlari – 6,9%ga, uy-joy kommunal xizmatlari – 6,8%ga, maishiy xizmatlar – 4,6%ga ta’riflarni ko’tarilishi.

Qayd etilgan xizmat turlarini o’sishi iste’mol narxlari indeksini umumiy o’sishiga qariyb 1,4%ni  qo’shgan (iste’mol narxlari indeksi jamlanmasiga ta’sir ulushi – 15,0%).

Narxlar statistikasi boshqarmasi     

Murojaat uchun shaxs: Irgashev B.S. 

Telefon:  230-80-38



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: