Асосий -> Янгиликлар -> Қўмита янгиликлар -> Joriy yil 26 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo`limlari boshliqlari ishtirokida o`quv-seminari tashkil etildi

Joriy yil 26 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo`limlari boshliqlari ishtirokida o`quv-seminari tashkil etildi

     Joriy yilning 26 dekabr kuni Davlat statistika qo`mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida hududiy statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo`limlari boshliqlari ishtirokida aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi sohasi bo`yicha “Hududiy statistika organlarining 2017 yildagi faoliyati natijalari va 2018 yilga ustuvor yo`nalishlar, statistik va tahliliy materiallarni o`z vaqtida va sifatli tayyorlash hisobot va ijro intizomini ta`minlash bo`yicha davlat statistika organlarining vazifalari” mavzusida o`quv-seminari o`tkazildi. Mazkur o`quv-seminarda, Qo`mitada va hududiy statistika boshqarmalarida aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar holati, mazkur soha bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni kelgusida bartaraf etish yo`llari, shu bilan birga, hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining malakasi va shaxsiy mas`uliyatini yanada oshirish masalalari tanqidiy muhokama etildi.

Seminar

     Shuningdek, 2018 yilda hududiy boshqarmalarning Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo`limlari faoliyatining ustuvor yo`nalishlari, statistik va tahliliy materiallarning o`z vaqtida va sifatli tayyorlash, kuzatuvlar va ijro intizomini ta`minlash, sohani rivojlantirish bo`yicha ishlarni takomillashtirish hamda bo`lim faoliyatiga tegishli bo`lgan bir qator qo`shimcha vazifalar belgilab olindi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: